19:30 / 27.11.2023
378

OCHL. Klublarimizning guruhdagi holati va oldindagi 2 tur taqvimi

OCHL. Klublarimizning guruhdagi holati va oldindagi 2 tur taqvimi

Xabaringiz bor, bugun 27 noyabr kuni Osiyo CHempionlar ligasida 5-tur bellashuvlariga start beriladi. 19:00da "Nasaf" Qarshida "Al Faysali"ni mehmon qilsa, OKMK Olmaliqda Benzema etakchiligidagi "Al Ittihod"ni qabul qiladi.

Ertaga "Navbahor" Namanganda Osiyo grandi "Al Hilol"ga qarshi bahs olib borsa, "Paxtakor" BAAda "Al Ayn" bilan kuch sinashadi.

"A" guruhida "Paxtakor" nazariy jihatdan hali imkoniyatni saqlab qolgan. Buning uchun "sherlar" oldindagi ikki bellashuvda g'alaba qozonishlari kerak va shunda ham boshqa guruhlarni kutishga majbur bo'ladilar. Yani, SHackix shogirdlarining guruhdan chiqish masalasi o'z qo'lida emas. O'zbekiston chempionlari ertangi raqibga uyda engilishganini inobatga olsak ularning umidi oxirgi turgacha saqlanib qolmasligi ham mumkin.

"B" guruhida "Nasaf" hozircha 2-o'rinda bormoqda. "Paxtakor"dan farqli ravishda "ajdarlar"ning taqdiri o'z qo'lida. Yani, Berdiev shogirdlari oldindagi ikki uchrashuvda g'alaba qozonishsa guruhdan 99 foiz (balki 100) chiqishadi. Qarshiliklarda guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish imkoni ham saqlanib turibdi.

"C" guruhidan joy olgan OKMK pley-off uchun barcha imkoniyatlarni yo'qotgan. Buyog'iga Qosimov shogirdlari oxirgi ikki o'yinni chiroyli yakunlab qo'yish uchun harakat qilishadi.

"D" guruhidagi "Navbahor" qitamizning eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol" bilan bir xil 10 ochkodan jamg'argan. Bu jamoalarning ertangi o'zaro bahsi guruh g'olibini aniqlab berishi ham mumkin. Babayan shogirdlarida xuddi "Nasaf" kabi pley-offga birinchi o'rin bilan chiqish imkoniyati saqlanib turibdi. Ertangi to'qnashuv 5-turning eng asosiy qarama-qarshiligiga aylanish ehtimoli yuqori.

Quyida o'zbek klublari joy olgan guruhlarning 5 va 6-tur o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz.

"A" guruhi

5-tur, 28.11.2023

20:00. "Al Ayn" - "Paxtakor"

19:00. "Al Fayha" - "Ahal"

6-tur, 05.12.2023

19:00. "Paxtakor" - "Al Fayha"

19:00. "Ahal" - "Al Ayn"

"B" guruhi

5-tur, 27.11.2023

18:00. "SHarja" - "Al Sadd"

19:00. "Nasaf" - "Al Faysali"

6-tur, 04.12.2023

18:00. "Al Faysali" - "SHarja"

19:00. "Al Sadd" - "Nasaf"

"C" guruhi

5-tur, 27.11.2023

21:00. OKMK - "Al Ittixod"

21:30. "Sepaxon" - "Eyr Fors"

6-tur, 04.12.2023

15:00. "Eyr Fors" - OKMK

21:00. "Al Ittihod" - "Sepaxon"

"D" guruhi

5-tur, 28.11.2023

19:30. "Nassaji" - "Mumbay Siti"

21:00. "Navbahor" - "Al Hilol"

6-tur, 04.12.2023

19:00. "Al Hilol" - "Nassaji"

21:30. "Mumbay Siti" - "Navbahor"

Oldindagi OCHL o'yinlarida klublarimizning barchasiga omad tilab qolamiz!

Eslatib o'tamiz, OCHL G'arb mintaqasida 5 guruhdan birinchi o'rin egalari va eng yaxshi uchta ikkinchi o'rin ham pley-offga yo'l oladi.

 Muallif: Tolibjon Qosimov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. Klublarimizning guruhdagi holati va oldindagi 2 tur taqvimi