Sosa Sola Superliganing 26-turida "Nasaf" bilan durangdan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirdi.
- G‘alabani juda istagandik. Chempionatni chiroyli yakunlamoqchi edik. Yil davomida ko‘plab o‘yinlar o‘tkazdik, ko‘p asabiylashdik. Chempionat tugashi arafasida barcha charchagan edi. Hamma dam olishi kerak. Shunday bo‘lsa-da, ikkinchi o‘rinni olishimiga imkon bor edi. Fursatdan foydalanib, futbolchilarga, muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni billiraman. 4-dekabrda bitta o‘yinimiz qoldi, keyin barchamiz dam olishimiz kerak. Bugun qiziqarli o‘yin bo‘ldi, sariq, qizil kartochkalarni ko‘rdik. Lekin durang natijaga erishdik. O‘tgan yilgi natija qayd etilmadi. Endi miyani sal dam oldirish kerak.
- OKMK - "Nasaf" o‘yinida hakamlik borasida qiziqarli holatlar bo‘ladi. O‘tgan yili OKMKning goli hisoblanmasdan, "Nasaf"ga penalti berilgandi. Bugun esa bir vaziyatda ikkita qizil. Bu haqida fikringiz.
- Bu ularning qarori, ularning reglamenti bor. Bizning vazifamiz esa futbol o‘ynash. Lekin doimo shunday holatlardan ham o‘tish kerak ekan. Kelajakda shunday savollar qaytarilmasligi uchun bunday xatolar qilmasligimiz va raqibdan bir bosh ustun bo‘lishimiz kerak.
- Jamoa mavsumni qanday o‘tkazdi deya olasiz? Jamoaga barqarorlik yetishmagani aniq. Yana nimalar yetishmadi deb o‘ylaysiz?
- Chempionatning o‘zi qiziq o‘tdi. OKMKning beqaror mavsum o‘tkazishiga sabablar ko‘p. Ikkinchi davra mobaynida deyarli 70 foiz futbolchilarim menga yordam bera olishmadi. Bugun ham zaxira o‘rindig‘imizda yoshlar o‘tirdi. Jarohatlar sababli kerakli paytda o‘yinni kuchaytira olmadik. Hozir bitta fikr - mavsumni tugatib olishimiz va qayerda qanday xatolar qilganimizni tushunishimiz kerak. Umuman olganda bugun ham 2-o‘rin uchun imkoniyatimiz bor. Shu sababli bu savolga birdaniga javob berish qiyin. Menimcha OCHLni hisobga olmasak, mavsumni yomon o‘tkazmadik. Chempionatda ham, kubokda finalga chiqdik. Eng keraklisi, muxlislarbop o‘yin namoyish qila oldik.
- Navbatdagi mavsum uchun rejalar qanday? Eshitishimizga ko‘ra, jamoaning bir qancha futbolchilari ketishi mumkin ekan.
- Buni vaqt ko‘rsatadi. 4 dekabrda o‘yinimiz bor, qolaversa bir qancha futbolchilarning shartnomalari tugamoqda. Iroqqa borib kelaylik, barchasini o‘ylab ko‘ramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring