23:04 / 01.12.2023
210

Aleksandr Krestinin O‘zbekiston chempionatini maqtadi va "Bunyodkor" bilan xayrlashdi

Aleksandr Krestinin O‘zbekiston chempionatini maqtadi va "Bunyodkor" bilan xayrlashdi

Sosa Sola Superliganing 26-turi doirasida "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Ilk navbatda "Paxtakor"ni chempionlik bilan, "Bunyodkor" muxlislarini esa g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiziqarli bo‘ldi deb o‘ylayman, ko‘p gollarni ko‘rdik. Sifatli futbol namoyish qilindi. Televizor orqali tomosha qilganlar o‘yindan zavq olishdi. Muxlislarga, yigitlarga, klub rahbariyatiga, klub ishchilariga, stadion ishchilariga, qarorgohimiz ishchilariga ushbu yilda qilingan mehnat uchun  minnatdorlik bildiraman. Bugungi kundan e’tiboran biz o‘zaro hamkorlikni tugatamiz va barchaga omad tilayman.

- Sizning "Bunyodkor"dan ketishiningiz uchun katta sabab bormi?

- Hayot shunday. Ammo bu har kuni bo‘ladigan ish emas. Bu ikki tomonning kelishuvi. Rahbariyat bilan birga o‘tirdik, gaplashib oldik va kelishdik.

- "Bunyodkor"ga kelib qanchalik o‘sishga erishdingiz yoki pasayish bo‘ldimi?

- Natijalar unchalik yomon bo‘lgani yo‘q. Balki hozirgidan 3-4 ochko ko‘proq jamg‘arishimiz mumkin edi. Biz 8-o‘rindagi jamoani qabul qilib oldik. Garchi o‘rnimiz o‘zgarmagan bo‘lsa-da, ko‘proq ochko jamg‘ara oldik. Mavsum davomida barchasini o‘zgartirib yuborish unchalik oson bo‘lmadi. Jamoadagi o‘sish ko‘rindi, so‘nggi 6 o‘yinda bir marta mag‘lub bo‘ldik. Yigitlar barchasiga moslashib olishgandi. "Bunyodkor"dagi faoliyatimga yaxshi baho beraman.

- Ushbu mavsumdagi eng qiyin o‘yin?

- Barchasi og‘ir o‘tdi, bugun ham, Qarshida ham oson bo‘lmagan o‘yin o‘tkazdik. Yana bir marta takrorlayman, O‘zbekiston chempionati - yuqori darajadagi liga, bu yerda oson o‘yin yo‘q. Shunchaki o‘tirib olib tomosha qilinadigan o‘yinlar bo‘lmadi. Barcha o‘yinlar qiyin o‘tdi. Eng qiyin o‘yin Qarshida bo‘ldi, biz munosib tarzda g‘alabaga erishdik.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin O‘zbekiston chempionatini maqtadi va "Bunyodkor" bilan xayrlashdi