13:33 / 02.12.2023
130

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati: 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati: 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi

Armanistonda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final janglari ortda qoldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili bahs olib bordi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

7 nafar o‘zbekistonlik bokschilar o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Dasturga ko‘ra, bugun dam olish kuni. Chempionlik janglari 3-4 dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Finalga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari:
-46 kg: Maftuna Musurmonova;
-57 kg: Sevara Mamatova;
-75 kg: Maftuna Yangiyeva;
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova;
-60 kg: Feruzjon Sa’dullayev;
-63 kg: Hikmatillo O‘lmasov;
+80 kg: Islom Salihov.

Musobaqani bronza medali bilan yakunlaganlar:
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov;
-66 kg: Akbar Ahmadov;
-50 kg: Husan Qahhorov;
-70 kg: Norbek Abdullayev.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati: 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi