OCHL. "Navbahor" safarda "Mumbay Siti"ni mag‘lub etdi, “Nasaf” esa “As-Sadd” bilan durang o‘ynadi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4 dekabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Navbahor” safarda “Mumbay Siti” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 16-daqiqasida El Hayati hisobni ochdi. 29-daqiqada Jamshid Iskanderov jarima zarbasidan ajoyib gol urib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirida Yovan Jokich namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va uchrashuv “Navbahor”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Samvel Babayan jamoasi 13 ochko bilan guruhni 2-o‘rinda yakunladi va pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
B guruhida “Nasaf” “As-Sadd”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq hisob ochildi. “As-Sadd” futbolchisi Mateus Uribe o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 83-daqiqaga kelib, qarshiliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Jambuli Jigauri boshi bilan gol urdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Jigauri yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va “Nasaf”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa “As-Sadd” hisobni tenglashtirdi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi va Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 11 ochko bilan guruh yetakchisi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi.
6-tur bahsi
“Mumbay Siti” – “Navbahor” 1:2
Gollar: 1:0 — 16 El-Hayati, 1:1 — 29 Jamshid Iskanderov, 1:2 — 45+2 Jokich
“Mumbay Siti”: 13. Muhammad Navaz, 2. Rahul Beke, 4. Tiri, 6. Vikram Partap, 8. Yoel Van Nif, 18. Rostin Griffis (5. Mehtab Sinx 64), 23. Abdinasir El Hayati, 24. Greg Styuart, 30. Xorxe Pereyra, 31. Akash Mishra, 45. Lalengmavia.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Azimjon Ahmedov, 5. Milosh Milovich, 10. Jamshid Iskanderov, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abrorbek Ismoilov, 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 31. Luka Chermel, 77. Asadbek Sobirjonov, 91. Toma Tabatadze.
Ogohlantirishlar: Yoel Van Nif (12), Azimjon Ahmedov (14), Akash Mishra (28).
“As-Sadd” – “Nasaf” 2:2
Gollar: 1:0 — 5 Mateus Uribe, 1:1 — 83 Jigauri, 1:2 — 90 Jigauri, 2:2 — 90+4 Buneja.
“As-Sadd”: 22. Meshal Barsham, 2. Pedro Korreya, 5. Tariq Salmon, 6. Paulo Silva, 7. Muhammad Vaad Albayati, 10. Hasan Al Haydos, 11. Bog‘dod Buneja, 16. Bualem Huki, 51. Akrom Afif, 55. Amin Hazbavi, 88. Andres Vilya.
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 17. Suhrob Nurulloyev (99. Azizbek Amonov, 46), 19. Mateus Lima (70. Jambuli Jigauri, 66), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov (10. Andres Chaves, 90), 88. Marko Stanoyevich (18. Bahrom Abdurahimov, 46).
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring