20:48 / 11.12.2023
821

Fayzullayev faoliyatida bunaqasi birinchi marta yuz berdi

Fayzullayev faoliyatida bunaqasi birinchi marta yuz berdi

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullayev avgustda SSKAga ko‘chib o‘tganidan beri Rossiya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan edi. Rossiyalik muxlisu mutaxassislar ham o‘zbek lenionerining uchrashuvning, jamoasining, oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilishiga ko‘nikib qoldi.

Futbol jamoatchiligining aksariyati 20 yoshli hamyurtimizni Premer-liganing birinchi davrasidagi eng asosiy kashfiyot sifatida tan oldi.

2023 yilning eng oxirigi katta to‘qnashuvlaridan  biri – “Krasnodar” va SSKA bahsida esa, Abbosbek Fayzullayev kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi.

18-tur doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda mezbonlar so‘nggi daqiqalarda “armiyachilar” darvozasini ishg‘ol qilib, g‘alabani ilib ketdi. To‘p kiritilgan vaziyatda legionerimiz raqib futbolchisi Nikita Krivsovni bo‘sh qoldirdi.

SofaScore tahlilchilari SSKA tarkibida uchrashuvni eng bo‘sh o‘tkazgan va eng yaxshi o‘ynagan futbolchilarni aniqladi.

Unga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayev bellashuvda eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan futbolchi sifatida e’tirof etildi.

20 yoshli hujumkor futbolchining harakatlari past baholanishiga ko‘p jihatdan golli vaziyatni boy bergani sabab bo‘ldi. Qolaversa, Abbos bu gal driblinglarini qo‘llay olmadi. Raqibni aldab o‘tishga bir bor urinib ko‘rdi, biroq u ham ish bermadi. “Krasnodar” o‘yinchilari esa ikki marta Abbosning o‘zini driblingda aldab o‘tib ketdi.

Fayzullayevning 20 ta pasidan yettitasi jamoadoshlariga yetib bormadi. Abbosbek avvalgi o‘yinlardan farqli ravishda yakkakurashlarda faol qatnashmadi. Olti marta kurashga kirishgan legionerimiz bir marta to‘pga ega chiqdi. Himoya chizig‘ida bir martagina to‘pni raqibdan olib qo‘ydi.

Abbosning jarima maydonchasi ichiga uzatgan beshta to‘pidan atigi bittasi aniq chiqdi xolos.

SSKA yetakchilaridan Ivan Oblyakovning ham o‘yini qovushmadi. Abbosbek Fayzullayev va Fyodor Chalov bilan birga hujum uchligini tashkil qilishi talab etilgan Oblyakov “Krasnodar” darvozasiboni Matvey Safonovga hech qanday tahdid tug‘dira olmadi.  Uch marta dribling ishlatishga harakat qilgan bo‘lsa-da, raqibni aldab o‘tolmadi. O‘n marotaba to‘pni yo‘qotdi. Yakkakurashlarning aksariyatida mag‘lub bo‘ldi.

SSKAning braziliyalik legioneri Moyzes ham eng past baholangan o‘yinchilardan bo‘ldi. Mutaxassislar bu holatni futbolchining jismoniy tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmagani bilan izohlamoqda.

Statistikada Moyzes atigi ikki marta raqibdan to‘p olib qo‘ygani ijobiy ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan. Biroq himoyachilarga xos bo‘lgan raqib paslarini to‘xtatib qolish, zarbani to‘sish kabi himoya funksiyalarini bajargani yo‘q.

SSKAning eng yaxshi futbolchisi hujumchi Fyodor Chalova bo‘ldi. Bu forvard juda faol o‘ynadi, biroq asosiy vazifasi – gol urishni uddalay olmadi xolos. Chalov uch marta golga tortadigan zarba berdi. Jamoadoshlarini ikki marta qulay vaziyatga chiqardi. Yakkakurashlarda cho‘chimay kurashdi.

Pressing va to‘pni raqibdan olib qo‘yishda ham faollik ko‘rsatdi, jamoaning yetakchisi sifatida harakat qildi.

SSKA bu mag‘lubiyatdan keyin musobaqa jadvalida sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. Endi Rossiya Premer-ligasida 2024 yilning 1 martiga qadar tanaffus bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayev faoliyatida bunaqasi birinchi marta yuz berdi