Ayni damda erkin agent bo‘lib turgan "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorovning keyingi manzili barcha uchun qiziq. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev bu haqida o‘z telegram kanalida quyidagicha xabar qoldirdi.
- "Nasaf" futbolchisi FNL klubidan kelgan kontraktga imzo chekmadi. Futbolchi bir necha kun avval Serbiya klubi yuborgan taklifni ham rad etgan ekan.
Shu kunlarda futbolchi bilan Qozog‘istonning "Ordabasi" va "Qayrat" jamoalari vakillari ham bog‘langan. Ular moddiy baqquvat taklif bilan chiqqan, ammo futbolchi o‘ylab ko‘rishini aytgan.
Hozircha Oybek birorta klub bilan jiddiy muzokaralar o‘tkazgani yo‘q. "Nasaf" uni olib qolish uchun avvalgi kontraktidan sezilarli darajada yaxshiroq shartnoma taklif qilishi kerak bo‘ladi, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli xavbek joriy mavsum Superligada 26 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring