21:54 / 13.12.2023
574

Rossiyadagi legionerlarimizning narxi o‘zgardi, Fayzullayevning narxi "uchib ketdi"

Rossiyadagi legionerlarimizning narxi o‘zgardi, Fayzullayevning narxi "uchib ketdi"

Ayni damda bir nechta o‘zbekistonlik futbolchilar Rossiya chempionatida harakat qilmoqda. Bugun "Transfermarkt" portali Rossiya Premer-ligasi futbolchilarining yangilangan narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Moskvaning SSKA klubi sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullayevning narxi ikki barobar oshib, 4 millionga yetdi. Uning avvalgi narxi 2 million yevro edi.

Qozonning "Rubin" jamoasida ham ikki nafar legionerimiz o‘ynamoqda. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovning narxi 700 ming yevroga baholandi, uning eski narxi ham shunday edi. Umarali Rahmonaliyevda ham xuddi shunday, uning narxi ham o‘zgarmadi - 600 ming yevro.

"Nijniy Novgorod"da harakat qilayotgan vakillarimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Ruslanbek Jiyanovda regress kuzatildi. Yo‘ldoshevning narxi 100 ming yevroga pastlab, ayni damda 800 ming yevroga baholandi. Jiyanov esa 50 ming yevroga pastlab, hozirda uning transfer narxi 400 ming yevroni tashkil etadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyadagi legionerlarimizning narxi o‘zgardi, Fayzullayevning narxi "uchib ketdi"