Xabaringiz bor, Bahrayn poytaxti Manama shahrida havaskor MMA yo‘nalishida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Unda ishtirok etayotgan, O‘zbekiston terma jamoasi ham medallar jamg‘arishda davom etmoqda. Hozirga kelib, 5 ta medalni qo‘lga kiritib ulgurgan vakillarimiz, bugungi kun dasturida yana shohsupaning yuqori pog‘onalarini egallashi kutilmoqda.
Albatta, o‘zbekistonliklarning chiroyli chiqishlari va natijalari Bahrayn shahzodasi Holid Hamad Al Halifani ham befarq qoldirmadi va u bevosita arenaga tashrif buyurib, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Hasan Ergashev bilan ko‘rishdi va erishilayotgan natijalar bilan tabriklab ketdi.
Ma’lumot uchun, Bahrayn shahzodasi Osiyoning yetakchi Brave CF promoushenining ham rahbari hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring