10:39 / 15.12.2023
319

Superliga klubi besh futbolchini jamoadan chetlatdi

Superliga klubi besh futbolchini jamoadan chetlatdi

Turkiya Superligasining mashhur jamoalaridan “Beshiktosh” rasmiy sayti orqali besh nafar futbolchi yomon o‘ynayotgani bois, tarkibdan chetlatilganini e’lon qildi.

- Asosiy jamoaning besh o‘yinchisi tarkibdan chiqarildi. Bosh murabbiy Samet Aybaba futbolchilardan Vensan Abubakar, Valentin Roze, Erik Bayi, Rashid G‘azzol va Jan Onanani bo‘sh o‘yini tufayli jamoadan chetlatishga qaror qildi.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tarkibni qayta shakllantirish borasida ish olib bormoqda, - deyiladi klub bayonotida.

“Beshiktosh” joriy mavsumda Superligada chempionlik uchun kurasha olmayapti. Hozircha beshinchi pog‘onada joylashgan jamoa peshqadam “Fenerbahche”dan 14 ochkoga ortda qolib ketgan.

Bundan tashqari, “Beshiktosh”  Konferensiyalar ligasida ham guruhdan chiqish masalasini udallay olmadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga klubi besh futbolchini jamoadan chetlatdi