date
views 172

Bugun Saudiyada katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi: Joshua Vallinga, Uaylder esa Parkerga qarshi

Bugun Saudiyada katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi: Joshua Vallinga, Uaylder esa Parkerga qarshi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 23 dekabr, shanba kuni katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Boks kechasining asosiy jangi Entoni Joshua (26-3) va Otto Vallin (26-1) o‘rtasida kechadi.

Asosiy kard janglari quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Deontey Uaylder (43-2-1) – Jozef Parker (33-3);
  • Dmitriy Bivol (21-0) – Lindon Artur (23-1) yarim yengil vazn toifasida WBA tituli uchun;
  • Jey Opetayya (23-0) – Ellis Zorro (17-0);
  • Daniel Dyubua (19-2) – Jarrell Miller (26-0-1).

Janglar Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun bugungi oqshomda o‘z janglarini o‘tkazadigan Joshua va Uaylder 9 mart kuni ringga ko‘tarilish borasida kelishib olgan. Ushbu kelishuv o‘z kuchida qolishi uchun ikkala bokschi ham bugungi janglarini yutishi kerak bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Saudiyada katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi: Joshua Vallinga, Uaylder esa Parkerga qarshi