date
views 311

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida BAA mamlakatida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

 Ushbu yig‘in doirasida Srechko Katanes jamoasi 25 dekabr, dushanba kuni Dubay shahrida Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu uchrashuv rasmiy maqomga ega emas va unda murabbiylar to‘liq tarkibni sinovdan o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, ikkala jamoaning kelishuviga asosan uchrashuv to‘liq yopiq tarzda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bor Jahon Chempionati saralashi doirasida noyabr oyida Turkmaniston (3:1) va Eronga (2:2) qarshi o‘yinlar o‘tkazgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi