18:46 / 28.12.2023
289

“Nasaf” va “Navbahor” bosh murabbiylari OCHL qur’asi natijalari haqida fikr bildirdi

“Nasaf” va “Navbahor” bosh murabbiylari OCHL qur’asi natijalari haqida fikr bildirdi

Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, “Nasaf” BAAning “Al-Ayn” klubiga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Namanganning “Navbahor”i esa Saudiyaning “Al-Ittihod” klubiga qarshi bahs olib boradi.

1/8 finalga tashlangan qur’adan so‘ng “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va “Navbahor” ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"OCHL musobaqasining bu etapida ishtirok etishning o‘zi katta yutuq. Uchrashuvning Qarshida bo‘lishi muxlislar uchun katta bayram bo‘ladi deb o‘ylayman. Chorak finalda ishtirok etayotgan jamoalar orasida birorta ham kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q.

“Al-Ayn” jamoasini yaxshi bilamiz. Ular ushbu mavsumda “Paxtakor” jamoasi bilan ikki bor bellashdi. Bu bizga raqibning imkoniyatlarini chamalab olishga imkon beradi. Biz amirliklar jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yingacha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak bo‘ladi", - dedi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev.

"Biz 1/8 finaldagi raqibimizni bilish maqsadida, mazkur qur’ani kutayotgandik. Bizga qaysi klub raqib bo‘lishining farqi yo‘q edi, boisi, ushbu bosqichda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi.

Qur’aga ko‘ra, “Al-Ittihod”ga raqib bo‘lganimiz va Namanganga yana yulduz futbolchilarning tashrif buyurishlari so‘nggi mavsumlarda “Navbahor”ning avvalgi brendini tiklash uchun samarali faoliyat olib borayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, klub rahbariyati hamda ishchi-xodimlari, shuningdek, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning mehnatlari samarasi hamda jamoaning to‘g‘ri yo‘ldan borayotganligining natijasidir va ushbu tashrif namanganliklar uchun katta bayramga aylanadi.

Biz OCHLda Namangan viloyati bilan birgalikda yurtimiz sharafini ham himoya qilamiz va 1/8 final bahslarida ijobiy natija qayd etish, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz", - dedi “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan.

Nimchorak final bahslari 12—13 fevral va 19—20 fevral sanalarida bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” va “Navbahor” bosh murabbiylari OCHL qur’asi natijalari haqida fikr bildirdi