20:52 / 29.12.2023
387

"Nasaf"ning oshini "Neftchi" ilib ketmoqchi

"Nasaf"ning oshini "Neftchi" ilib ketmoqchi
Avvalroq matubuotda Zoran Marushichning Superligaga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. 
 
O‘zbekistonning ikki grand jamoalari "Nasaf" va "Paxtakor" serbiyalik forvardga qiziqish bildirayotgan edi.  SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayevning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, unga yana bir grand taklif bilan chiqmoqchi.
 
"Zoran Marushichga "Nasaf" taklif bilan chiqqan edi. Endi forvard uchun kurashga "Neftchi" xam qo‘shildi. Farg‘onaliklar gruziyalik hujumchi bilan muzokara o‘tkazmoqchi.
 
Agar Zoran Qarshiga ketishni tanlasa, "yo‘lbarslar" e’tiborni sobiq "ajdar" Lima Kruzga qaratishi mumkin. Shuningdek, Azizbek Amonov ham Levchenkoning shortlistida bor.
 
Farg‘onaliklar kelasi mavsumda ikkita teng kuchli tarkib bilan jangga kirishni rejalashtirgan.
 
Bundan tashqari, "Neftchi" safiga Turkiyada bo‘ladigan yig‘in chog‘ida boshqa bir (Lima, Amonov, Marushichdan tashqari) legioner xujumchi kelib qo‘shiladi. Aynan u "nayzaning asosiy uchi"ga aylanishi kutilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Zoran 2023 yilgi mavdumda "Dinamo" Tbilisi safida barcha musobaqalarda 37ta bahsda maydonga tushib, 18ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning oshini "Neftchi" ilib ketmoqchi