
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Rapid va Blis bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
29 dekabr kuni blis yo‘nalishi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Biroq 12-tur natijalari e’lon qilinmadi va 13-turga qur’a tashlanmadi.
Bunga sabab qilib, Yan Nepomnyashiy va Daniil Dubov o‘rtasidagi 12-tur o‘yini ko‘rsatilmoqda. Xabarga ko‘ra, ushbu bahsli o‘yin yuzasidan hozirda appelyatsiyalar jangi davom etmoqda.
Gap shundaki, ushbu bahsdagi durang natija kelishilgan deya gumon qilingan. Ikkala shaxmatchining durang natija uchun olgan yarim ochkosi olib tashlanish ehtimoli bor.
“12-turdagi yuqoridagi bahsli vaziyat hal etilmaguncha 13-turga qura tashlanmaydi va 12-tur natijalari to‘liq e’lon qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar