O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtiroki oldidan ko‘plab mutaxassislar, murabbiylar fikrlarini bildirib o‘tmoqda.
"Oq bo‘rilar" tarkibida 3ta Osiyo Kubogida qatnashgan sobiq darvozabon Pavel Bugalo bo‘lajak turnir oldidan terma jamoamizning imkoniyatlarini baholadi.
"Umid qilamanki, O‘zbekiston guruhdan chiqadi va musobaqada oldinga intilishda davom etadi. Menimcha terma jamoamiz yarim finalga qadar yetib bora oladi. Agarda barcha futbolchilar e’tiborni g‘alabaga qaratib, yuqori natija yo‘lida birlashishsa, hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston terma jamoasiga Qatardagi Osiyo Kubogida omad tilayman", - deydi Pavel Bugalo.
Ma’lumot uchun, Pavel Bugalo O‘zbekiston terma jamoasi libosida 40ta uchrashuvda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar