
“Manchester Siti”ni tarixiy g‘alabalar sari yetaklagan bosh murabbiy Xosep Gvardiola ish joyini almashtirishi mumkin.
Braziliya futbol federatsiyasi milliy terma jamoani ispaniyalik mutaxassisga topshirmoqchi. Dastlab, braziliyaliklar terma jamoa bosh murabbiyligiga “Real” ustozi Karlo Anchelottini mo‘ljallayotgan edi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, endi janubiy amerikaliklarning fikri o‘zgargan va ular Xosep Gvardiolaga ish taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Xosep Gvardiolaning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Braziliya terma jamoasiga esa kuchli bosh murabbiy kerak. Chunki terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turnirida oltita uchrashuvda atigi yetti ochko to‘play oldi xolos.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar