
«Dinamo» jamoasi Emmanuel Yagr bilan shartnoma imzolagani haqida e’lon qilgan edik.
Ganalik 25 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda Qirg‘izistonning «Abdish-Ota» klubi safida mamlakat chempioni bo‘ldi va erkin agent sifatida «Dinamo»ga qo‘shildi. Yagr «Dinamo»ning Toshkentdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Yagr OFK kubogida ham «Abdish-Ota»da muvaffaqiyatli ishtirok etib, 6 o‘yinda 5 g‘alaba va 1 durang qayd etdi hamda 3ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan. U 2022 yil Qirg‘iziston chempionatida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan – 23 o‘yinda 14ta gol. 2023 yilda esa 11 gol bilan 2-o‘rinda bo‘ldi.
"Dinamo" matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar