Foto: Alijon Isoqovning shaxsiy arxividan . Alijon Isoqov xorijlik sportchi bilan.
Ushbu “shaxmat+” o‘yini xorijdagi shaxmat maktablarida o‘rgatilishi mumkin. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga tashrif buyurgan xorijlik sportchilar taklif bergan.
"2023 yilning 26—30 dekabr kunlari ilk bor Samarqandda shaxmatning rapid va blis turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Besh kun davom etgan turnirda rapid va blis bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurash olib borildi. Chempionatda dunyoning eng yaxshi shaxmatchilari ishtirok etdi. Vaziyatdan foydalanib, sportchilarga “shaxmat+” o‘yini haqida ma’lumot berdik, targ‘ibotini olib bordi", — deydi Alijon Isoqov.
Foto: Alijon Isoqovning shaxsiy arxividan . Alijon Isoqov xorijlik sportchilar bilan.
Xonandaning aytishicha, xorijlik sportchilar “shaxmat+” o‘yinining maxsus doskasida o‘ynab ko‘rib, o‘yin imkoniyatlarini bilgach, o‘zlari istiqomat qiluvchi mamlakatlardagi shaxmat maktablarida uni o‘qitish tashabbusini ilgari surgan.
Foto: Alijon Isoqovning shaxsiy arxividan . Alijon Isoqov xorijlik sportchi bilan.
"Turli mamlakatlardan kelgan mehmonlarimiz “shaxmat+”ni o‘ynab ko‘rib, o‘yin juda ham qiziqarli va ko‘p o‘ylab yurishni taqozo etishini bildirishdi. Shu sabab o‘yinni o‘zlari istiqomat qiluvchi mamlakatlardagi shaxmat maktablarida o‘rgatish tashabbusi bilan chiqdi", — deydi o‘yin muallifi.
Alijon Isoqovning ta’kidlashicha, xorijlik sportchilarga “shaxmat+” o‘yini uchun yasalgan maxsus doskalar sovg‘a qilingan.
Foto: Alijon Isoqovning shaxsiy arxividan . Alijon Isoqov xorijlik sportchi bilan.
Alijon Isoqovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, yaqin kunlarda Amir Temur ordenli Shahrisabz shahrida “shaxmat+” o‘yini bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekiston chempionati ham bo‘lib o‘tadi.
Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmat o‘yiniga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni “shaxmat+” deb atadi va mualliflikni patentlagandi.
Foto: Alijon Isoqovning shaxsiy arxividan . Alijon Isoqov xorijlik sportchilar bilan.
"Shaxmat o‘yiniga juda qiziqaman, oilaviy ko‘p o‘ynaymiz. 90 yoshni qarshilagan hoji otam, akalarim, ukalarim, jiyanlar — hammamiz yig‘ilishib, musobaqa ham uyushtirib turamiz. Tarixga qiziqishim va o‘rganishim davomida sohibqiron bobomiz Amir Temur janglarida qo‘shinlarining ta’minotiga alohida yondashganiga e’tibor berdim.
Agar shaxmat o‘yinini jang maydoni deb tasavvur qilsak, nega unda ta’minotchi tosh yo‘q? Havaskor sifatida shaxmatga 8 ta ta’minotchi tosh qo‘shdim va shaxmat doskasini kattalashtirdim. Bunga ikki yildan oshdi, shaxmatga qiziqadigan odamlar bilan o‘ynab ko‘rdim. Keyin ular juda qiziq va mukammal o‘yin bo‘libdi, ommaga joriy qilsa bo‘lar ekan, degan taklifni berishdi", — degandi o‘yinni kashf qilgan xonanda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?