Eldor Shomurodov katta futboldan chetda qolib ketyapti. “Kalyari” hujumchisi dekabr oyiga kelib, yuqori sport formasini tiklab olganida barmog‘ini sindirib oldi va kamida ikki oyga safdan chiqdi.
28 yoshli forvard O‘zbekiston milliy terma jamoasini Osiyo kubogida maydonga olib tushish imkonidan ham mosuvo bo‘ldi. Mamlakatimiz bosh jamoasining keyingi yillardagi haqiqiy yetakchisiga aylangan Shomurodov katta musobaqani o‘tkazib yuborishi alamli albatta.
Srechko Katanes jamoaning asosiy to‘purari o‘rnini qanday bosish yo‘llarini qidirayotgani aniq. Eldor Shomurodovning o‘zi tezroq maydonga qaytishni kutyapti. “Kalyari” rahbariyati esa, “Roma”dan keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan “Roma”dan ijaraga olingan hujumchiga nisbatan qanday yo‘l tutish borasida bosh qotirmoqda.
Sardiniyada Shomurodovning transferini omadsiz, deb hisoblay boshlashdi. Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda ham ko‘pchilik o‘zbek futbolchisining o‘rniga boshqa forvard olish kerakligini ta’kidlamoqda.
Qizig‘i shundaki, nafaqat Shomurodov, balki tajribasi katta bo‘lgan Klaudio Raneri yozgi transferlar davrida tanlagan aksariyat yangi o‘yinchilar ishonchni oqlay olgani yo‘q. Bu ro‘yxatga Andrea Petanya, Pantelis Xatsidiakos, Yakub Yanktoni ham kiritish mumkin. “Quruq” seriyasi davom etayotgan Petanya va Shomurodov jamoada eng katta maosh oladigan futbolchilar sanaladi.
Futbol ekspertlari Eldorning golsiz seriyasi borasida bir necha faktlarni keltirmoqda.
- Yanvardagi transferlar vaqtida “Kalyari” Eldor Shomurodov masalasini ko‘rib chiqadi. “Kalyari”da bu transfer o‘zini oqlamadi, deb hisoblanmoqda. Buni raqamlar ham tasdiqlaydi. Shomurodov A Seriya va Italiya kubogida 13 ta uchrashuvda ham gollari hisobini ocholmadi, uning golsiz seriyasi qariyb o‘n oydan beri davom etmoqda, - deb yozmoqda cagliarinews24.com mutaxassisi Lorenso Shirru.
- Shomurodov rasmiy uchrashuvlarda 392 daqiqa o‘ynadi, ikkita golli pas uzatdi, gol urolmadi va og‘ir jarohat bilan bir necha haftaga safdan chiqdi. Eldor va “Kalyari” hamkorligi sardiniyaliklarning “Roma” bilan kelishuvida belgilangan muddatdan avval yakunlanishi mumkin.
28 yoshli o‘zbek futbolchisi yuqori sport formasini tiklay uchun ancha vaqt sarflab yubordi. Boshlang‘ich tarkibda uch marta maydonga tushdi va birortasida oxirigacha o‘ynamadi.
Qishki transferlar davrida Shomurodov va “Kalyari” rahbariyati o‘yinchining jamoadagi kelajagini o‘zaro muhokama qilib oladi. Shunga qaramay, sardiniyaliklar yanvarda hujumchi olishni rejalashtiryapti. Xabarlar lentasida “Sassuolo” vakili Greguar Defrel va ijara asosida “Ternana” jamoasida o‘ynayotgan “Bolonya” hujumchisi Antonio Raymondo nomlari keltirilmoqda, - deb ma’lumot berdi calciocasteddu.it eksperti Fabio Ornana.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Italiya chempionatida 2020 yilning oktyabr oyidan beri to‘p tepmoqda. Hozirga qadar A Seriyaning to‘rtta klubi – “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” sharafini himoya qildi.
Sardiniya klubi hamyurtimizni keyinchalik 9 million yevroga to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsum ijaraga olgandi. Ijara muddati uchun “Kalyari” rimliklar 1 million yevro to‘lagan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?