Luis Enrike futbolchilar fikrini inobatga olmadi


PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jurnalistlarning ayrim o‘yinchilar ularga yetarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotganidan norozi ekani haqidagi savollariga keskin javob qaytardi.
- Katta klublarda ayrim futbolchilar o‘ynamayotgani odatiy holat hisoblanadi. Bu meni umuman bezovta qilmaydi.
Jamoada har bir pozitsiyada ikki nafardan yuqori malakali o‘yinchi bor. Bu holatda ba’zi futbolchilar yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaydi. Lekin ular mashg‘ulotlarda bor kuchini sarflab, ter to‘kishi kerak.
Men futbolchilar orasida norozilari borligini bilaman, biroq menga farqi yo‘q, - dedi Luis Enrike.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…