15:53 / 10.01.2024
250

Maoshing “dahshatli” bo‘ladi. “Barsa” yulduzini Saudiyaga olib ketishmoqchi

Maoshing “dahshatli” bo‘ladi. “Barsa” yulduzini Saudiyaga olib ketishmoqchi
“Barselona” hujumkor futbolchisi Rafinya Dias tez orada Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar berdi.
 
Uning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonining 18 karra chempioni “Al-Hilol” braziliyalik legionerga katta shartnoma taklif qilishga tayyor. Shayxlar iqtidorli o‘yinchini hozirgi maoshidan bir necha baravar ko‘p summa bilan siylamoqchi.
 
25 yoshli futbolchi “Barselona”ga 2022 yili “Lids”dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda kataloniyaliklar 58 million yevro xarajat qilgan.
 
Rafinya joriy mavsumda jami 18 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va yettita assist muallifi bo‘ldi.
 
Futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi va Rafin bugungi kunda 50 million yevroga baholanyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maoshing “dahshatli” bo‘ladi. “Barsa” yulduzini Saudiyaga olib ketishmoqchi