21:30 / 12.01.2024
645

Qozog‘istonga Arktika sovuqlari yaqinlashmoqda

Qozog‘istonga Arktika sovuqlari yaqinlashmoqda

Foto: Tengrinews

Sinoptiklar 13—15 yanvar kunlari Qozog‘istonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Meteorologlarning ta’kidlashicha, qishda Qozog‘iston hududida kuchli qor yog‘ishi ortidan havo harorati sovib ketadi.

Bugun Rossiyaning Yevropa qismini aylanib o‘tayotgan siklon dam olish kunlariga qadar Qozog‘iston hududining katta qismi orqali Sibirga yo‘l oladi. Avvaliga Qozog‘iston g‘arbiga, so‘ngra qolgan hududlarga o‘tib, Arktika sovuqlarini kuchaytiradi.

Shu munosabat bilan respublikaning deyarli aksariyat qismida qor va bo‘ron o‘rnini muzlash egallaydi. Respublikaning g‘arbi, shimoli va markazida havo harorati 25-30 darajagacha, sharqda 15-20 darajagacha, janubda 5-15 daraja sovuqqacha pasayadi”, — deyiladi xabarda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonga Arktika sovuqlari yaqinlashmoqda