20:48 / 14.01.2024
212

"Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi

"Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida “Nasaf” jamoasi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Kosovoning “Llapi” klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Nasaf” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Avvaliga “Nasaf” futbolchisi Islom Kenjaboyev penaltidan hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay raqib a’zolari hisobni tenglashtirishdi. Keyinchalik “Nasaf”ning yangi legioneri Viktor da Silva o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi va “Nasaf” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Turkiya. Antaliya

14.01.2024 | 18:00

"Llapi" — "Nasaf" 1:2

Gollar: I. Kenjaboyev 75' (P), M. Chernaverni 84', V. Da Silva 90'

"Nasaf": Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Igor Golban, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Javohir Sidiqov, Islom Kenjaboyev, Doniyor Narzullayev, Murodbek Rahmatov, Shahzod Akramov, Bekjon Jo‘raboyev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Xakimov, Javohir O‘tamurodov, Marko Stanoyevich, Temur Chogadze, Nodirbek Mukarov, Asliddin Tursupo‘latov, Viktor Da Silva.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari navbatdagi uchrashuvini ertaga, 15 yanvar kuni Ozarbayjonning “Turon” jamoasiga qarshi o‘tkazadilar.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi