"Tezkor Studiya"ning bugungi soni qiziq va qaynoq fikrlarga boy tarzda o‘tdi. Ko‘rsatuv mehmoni San’at Shixov Hindiston bilan o‘yin haqida quyidagicha fikrlarni bildirdi.
"Hindiston ham yaxshi jamoa ekan. Ularning Avstraliya bilan o‘yinini ko‘rdim. Tengma-teng o‘ynamagan bo‘lsa ham, natija uchun o‘ynay oladigan jamoa. Lekin yutishimiz shart. Hindistondan qo‘rqadigan paytga kelgan bo‘lsak, futbolni yig‘ishtirish kerak.
O‘zbekiston finalga borishini istayman. Italiya 2006 yil Jahon chempionatini qanday boshlagandi? Niyatimiz chempionlik. Ammo hozircha minimum vazifa yarim final. Yarim finalga chiqsa, tanqidlarga hojat qolmasa kerak. O‘zbekistondan kam narsa kutish kerak, ko‘p narsa bo‘lsin. Hozir finalda yutqazib qo‘ysak, yana tanqid qilishadi. Kichkina narsadan umid qilib turib katta natijadan xursand bo‘lish kerak, deb o‘ylayman", - deydi San’at Shixov.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring