Hujumchi Osiyo Kubogi ishtirokchilari orasida terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Hindiston terma jamoasi hujumchisi Sunil Chetri Avstraliyaga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, bor e’tiborni O‘zbekiston bilan bellashuvga qaratishini ta’kidladi.
"Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurashish oson emas. Biz bunday darajadagi jamoalar bilan o‘yin o‘tkazishga o‘rganmaganmiz, chunki doimiy ravishda bunday darajadagi jamoalar bilan uchrashavermaymiz. Shu bois, ulardan nima kutishni bilmaymiz. Endilikda xatolarni o‘rganib, ularni tuzatish ustida ishlaymiz.
O‘zbekiston Avstraliya singari jamoa emas, biroq kuchli raqib sanaladi. Demak, bu o‘yin ham biz uchun katta qiyinchilik ostida o‘tadi", – dedi 39 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Sunil Chetri terma jamoa libosida 93 ta gol urgan holda turnir ishtirokichlari orasida terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston – O‘zbekiston uchrashuvi 18 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring