10:31 / 16.01.2024
473

O'zbekiston terma jamoasi menejeri OFK ochgan intizomiy ishga aynan nima sabab bo'lganini aytdi

O'zbekiston terma jamoasi menejeri OFK ochgan intizomiy ishga aynan nima sabab bo'lganini aytdi

Foto: championat.asia

Avvalroq, Suriyaga qarshi o'yinda muxlislar kiygan liboslar sabab O'FAga nisbatan intizomiy ish ochilgani haqida xabar berilgandi.

O'zbekiston va Suriya terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan uchrashuvidan so'ng OFK O'zbekiston futbol associaciyasiga nisbatan intizomiy ish ochgani haqida  futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z telegram sahifasida malum qilgandi. Bunga stadiondagi o'zbekistonlik muxlislarning Osiyo Kubogiga hech qanday aloqasi yo'q kompaniya reklamasi tushirilgan liboslarda o'tirgani sabab bo'lgani aytilgandi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi menejeri SHerzod Igamberdiev ushbu masala bo'yicha izoh berib o'tdi. Malum bo'lishicha, intizomiy ish ochilishiga stadiondagi ko'plab o'zbekistonlik muxlislarning sayyohlik kompaniyalaridan birining logotipi tushirilgan liboslarda o'tirgani sabab bo'lgan.

"Kecha OFKdan xat qabul qilib oldik. Xatda OFK tomonidan bizga bildirilgan etiroz aks etgandi. O'zbekistonlik muxlislar guruhi Suriyaga qarshi o'yinda OFK bilan kelishmaga holda, begona kompaniya brendidan foydalanishgan. Etirozning Artel kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo'q. Sizlarga suratlarni ham ko'rsatdim. Ijtimoiy tarmoqlarda milliy jamoamiz fan klubi rahbari Abdurahmon Fozilov va Artel kompaniya manziliga har xil o'rinsiz fikrlar bildirishmoqda. Ular terma jamoamizga juda ko'p yordam berishganini hisobga olib, bu narsa adolatdan emas deb hisoblayman.

SHaffoflikni taminlash uchun sizlarga OFK aynan qaysi brend reklamasiga etiroz bildirganini ko'rsatdim. Ko'rganingizdek, bu mutlaqo boshqa kompaniya. Hozirda OFK bizdan javob kutmoqda. Biz huquqshunoslarimiz bilan maslahatlashgan holda, ularga bugun javob tayyorlaymiz. Ishonamanki, bir birimizni tushuna olamiz va hech qanday jarimalarsiz kelishib olamiz. Muxlislarimizdan kelajakda reglamentga amal qilishlarini va O'zbekiston futbol associaciyasini noqulay holatga tushirib qo'ymasliklarini iltimos qilgan bo'lardim", - deydi O'zbekiston terma jamoasi menejeri SHerzod Igamberdiev.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O'zbekiston terma jamoasi menejeri OFK ochgan intizomiy ishga aynan nima sabab bo'lganini aytdi