"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o‘z lavozimidan ozod etildi. Rahbariyat tajribali murabbiy bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bunga qoniqarsiz natijalar va murabbiyning OAVdagi chiqishlari sabab bo‘lgan.
Avvalroq, 60 yoshli mutaxassis "Roma"ni tark etmoqchiligi, bunga u o‘zini Rim jamoasiga olib kelinishiga sababchi bo‘lgan klubning sobiq sport direktori Tyagu Pintuning ketishi sabab bo‘lgani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino 2021 yilning may oyida Rim klubi boshqaruvini qo‘lga olgandi. O‘tgan davr mobaynida klub Joze bilan Konferensiyalar Ligasida zafar quchdi va Yevropa Ligasi vitse-chempioniga aylandi.
"Biz Jozega "Roma"ga kelgan kunidan buyon qilgan mehnatlari, g‘alabaga bo‘lgan intilishi va g‘ayrati uchun klubdagi barchaning nomidan minnatdorchilik bildirmoqchimiz.
Uning "Roma"dagi davri ajoyib xotiralar bilan yodga olinadi. Biroq klub manfaatlari yo‘lida o‘zgarishlarga qo‘l urish vaqti kelgandi, deb hisoblaymiz.
Biz Joze va uning yordamchilariga kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz", — deydi Den va Rayan Fridkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring