“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzemaning advokati Xyug Vije futbolchi Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenni sudga berganini ma’lum qildi.
Avvalroq, Darmanen Karim Benzemani terrorchi tashkilotlar bilan aloqa qilishda ayblagan edi.
- Ayrim kimsalar odamlarni mana shu tarzda obro‘sizlantiradi. Buning ortidan oilalarda turli jiddiy oqibatlar kelib chiqadi. Bunaqa ayblovlar orqali Fransiya birdamligiga putur yetadi. Ba’zilar nima deyayotganini bilmaydi.
Turli mish-mishlar bilan Benzemani chetga surib qo‘yishni istashadi. Bunday ishlar o‘zini siyosatchi, deb bilan shaxs qilishi kerak bo‘lgan amallarning g‘irt teskarisidir, - deydi Xyug Vije.
Karim Benzema o‘tgan yoz Yevropani tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan 2026 yilnin yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring