Ayni paytda Hindiston - O‘zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
"Hindiston terma jamoasini o‘rganishda davom etyapmiz. Birinchi o‘yinni kuzatdik. O‘ylaymanki juda tartibli jamoa. Avstraliya darvozabonning xatosidan keyin gol urmaguncha tartibli o‘ynadi. Hindiston munosib raqib, yaxshi o‘yin bo‘ladi. InshaAlloh o‘z imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanishga harakat qilamiz.
Birinchi o‘yindan keyin muxlislarimiz bizdan xafa bo‘lishgani aniq. Har bir futbolchi TV ortida ota-onasi, xalqimiz qo‘llab turganini his qiladi. Hindiston bilan o‘yinda g‘alaba qozonib ularni xursand qilish uchun barcha ishni qilamiz", - dedi Otabek Shukurov o‘yinoldi matbuot anjumanida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar