Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o‘rin olgan Avstraliya - Suriya uchrashuvidan oldin Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Ayham Osu matbuot anjumanida qatnashishdi.
- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Har bir uchrashuv qiyin o‘tmoqda. Bu Osiyo kubogi va bu yerda oson raqiblar yo‘q. Ertaga guruhimizdagi eng kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Futbolchilarning ishtiyoqi va harakati sabab g‘alaba qozonishimiz mumkin.
Ayham Osu
- Ertangi uchrashuv haqida nimalar deya olasan?
- Qog‘ozda Avstraliya favorit, ammo maydonda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz ertaga bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Ertaga Suriya terma jamoasi g‘alaba qozonishiga ishonasizmi?
- Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Nazariy jihatdan raqib favorit, biroq maydonda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Muhimi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va faqat shundagina uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz mumkin.
Ayham Osu
- Birinchi bahsdagi yaxshi natijadan so‘ng kiyinish xonasi va jamoadagi atmosfera qanday?
- Ajoyib jamoa yig‘ilgan. Yosh va tajribali futbolchilar bir biriga yordam berishmoqda. Legioner futbolchilarimiz ham jamoaga tezda qo‘shilib ketishdi. Kayfiyat a’lo darajada.
- Ko‘pchilik sizni himoyaviy futbol tarafdori bo‘lganingiz uchun tanqid qiladi. Ammo shu uslub bilan siz Misr terma jamoasini JCHga olib chiqqan edingiz. Ushbu falsafangizga hali hamon ishonasizmi?
- Jamoa texnik va uslub tomonlama menga to‘g‘ri kelishi kerak. Men ham bir terma jamoa bilan ishlab keta olmayman. Men uchun shunday miks bo‘lishi kerak. Men hech qachon faqat himoyalanadigan jamoani boshqarmaganman. Bu intizom, faqatgina himoyalanib o‘ynab bo‘lmaydi. Hujum ham ko‘p qilamiz.
Ayham Osu
- Siz yaqinda Suriya terma jamoasida faoliyatingizni boshladingiz. Suriya futbol federatsiyasi sizga taklif bilan chiqqanida, ushbu taklifni oilangiz bilan muhokama qildingizmi? Suriya terma jamoasi uchun o‘ynash taklifi berilganidan xursandmisiz? Emotsiyalaringizni ta’riflab bersangiz.
- Men Shvetsiyada tug‘ilganman va Shvetsiyada yashayman. Suriya terma jamoasida o‘ynash taklifi kelib tushganda oilam bilan suhbatlashdim. Oilam xursand bo‘lishdi. Men Shvetsiyada tug‘ilib o‘sgan bo‘lsam ham, mening avlodlarim suriyalik. Suriya terma jamoasi bilan bor yo‘g‘i ikki uchrashuvda ishtirok etdim. Men Suriya terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyati berilganidan baxtiyorman. Suriya terma jamoasida o‘ynayotganimdan ota-onam mendan ko‘ra baxtliroq.
- Jamoangizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz ertangi o‘yinga bog‘liq. O‘yindan o‘yinga harakat qilamiz. Oldindan taxmin qilishim noto‘g‘ri.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring