Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o‘rin olgan Avstraliya - Suriya uchrashuvidan oldin Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiy va futbolchi Aziz Bexich matbuot anjumanida qatnashishdi.
- Janob bosh murabbiy Suriyaga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Uchrashuvga tayyormiz. Hindistonga qarshi yaxshi o‘ynadik va ertaga yana bir sinov oldida turibmiz.
Aziz Bexich
- Ertangi uchrashuv haqida nimalar deya olasan?
- Suriya terma jamoasida yaxshi tarkib yig‘ilgan. Biz ertangi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.
- Dastlabki uchrashuvda bir nechta muammolarga duch keldik dedingiz. Aynan qaysi pozitsiyalarni kuchaytirishni istaysiz?
- Hindistonga qarshi uchrashuvda zarbadan oldingi pas berishda muammo bo‘ldi. Men jamoamiz bilan ushbu jihatni to‘g‘rilashga erishdik.
- Suriyaga qarshi qanday natija kutmoqdasiz va qanday natijadan qoniqasiz?
- Faqat g‘alaba. Biz bu yerga nima uchun kelganligimizni bilamiz va kim raqib bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
- O‘tgan matbuot anjumanlarida biz bu yerga kubok uchun keldik dedingiz. Birinchi uchrashuvdan keyin jamoangizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Oldindan biror nima deyish qiyin. O‘yindan o‘yinga rejamiz o‘zgaradi. Hozir faqat Suriyaga qarshi uchrashuv haqida o‘ylamoqdamiz.
- Jamoangizda jarohatlar bormi?
- Yo‘q. Barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor.
- Avstraliya Osiyo mintaqasiga ko‘chib o‘tganiga ko‘p bo‘lmadi. Sizning mamlakatingizda ushbu qarorni qanday qabul qilishgan. Muxlislar ushbu qarorni qo‘llab quvvatlashadimi?
- Menimcha ha. Sababi Osiyo mintaqasi orqali futbolimizni rivojlantirishimiz mumkin. Osiyoda kuchli terma jamoalar juda ko‘p. Okeaniyada esa terma jamoalarning soni kam. Osiyo futbol konfederatsiyasiga ko‘chib o‘tganimizdan faqat Yangi Zelandiya ranjigan(kuladi).
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring