Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi “Nasaf” jamoasi bugun Antaliyadagi yig‘inida Vladikavkazning “Alaniya” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.
“Nasaf” tarkibi: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Igor Golban, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich, Javohir Sidiqov, Islom Kenjaboyev, Murodbek Rahmatov, Shahzod Akramov, Viktor Da Silva.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Zafar Hakimov, Jambuli Jigauri, Bekjon Jo‘raboyev, Nodirbek Mukarov, Asliddin Tursunpo‘latov, Azizbek Xaitov, Javohir Otamurotov.
Uchrashuvning 21-daqiqada Marko Stanoyevichning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi va qaytgan to‘pni Da Silva darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. 1:0 hisobi o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Nasaf” g‘alaba qozondi.
O‘tgan safar qarshiliklar Ozarbayjonning "Turon" jamoasini 4:2 hisobida taslim qilgan bo‘lib, Viktor Da Silva xet-trikka erishgandi. Navbatdagi bahsda ham u yana o‘zini ko‘rsatdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring