Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o‘rin olgan Suriya va Avstraliya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng avstraliyaliklar bosh murabbiyi Grem Arnold va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jekson Irvin matbuot anjumanida qatnashishdi.
- Janob murabbiy, Suriyaga qarshi o‘yin haqidagi fikringiz qanday?
- Suriya juda kuchli jamoaligi aniq edi. Raqibni juda ko‘p muxlislar qo‘llab-quvvatladi. Ikkinchi g‘alabadan mamnunman. Oson bo‘lmadi. Lekin ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondik. Darvozamiz ham daxlsiz qoldi.
"Juda qiyin o‘yin. Gol urish o‘ta qiyin bo‘ldi. Ikkita o‘yinda ikkita g‘alaba biz uchun juda yaxshi natija hisoblanadi. Birorta gol o‘tkazib yubormadik. Musobaqa juda yaxshi boshlandi", – dedi Jekson Irvin.
- Janob Grem, Irvinning bugungi o‘yini haqida fikr bildirsangiz? U qatorasiga ikkinchi marta uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi...
- Yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay, Irvinda gol urish qobiliyati bor. Biz uchun muhim bo‘lgan gollarni aynan u urmoqda. Tarkibimizdagi juda ko‘p o‘yinchilar birinchi marta Yaqin sharqda o‘ynashmoqda. Irvin hozirgi Avstraliyaning muhim bo‘lagi.
- Janob murabbiy, jamoangiz faqatgina bitta aniq zarba berdi. Shu haqda fikringiz qanday?
- Suriya 10 ta futbolchi bo‘lib himoyalanyapti. Bunday jamoaga gol urish qiyin. Reallik shu. Himoyaviy jamoaga gol urish oson emas. Muhimi, biz gol o‘tkazmadik.
- Jekson, bugun yana gol urding. Suriyaga qarshi o‘yin qanchalik qiyin bo‘ldi?
- Biz bu turnirda har xil raqiblarga qarshi o‘ynamoqdamiz. Hindiston umuman boshqa uslubda futbol o‘ynadi. Suriya esa butunlay boshqacha jamoa. O‘yinda ustunlikka erishgandik, oxirida g‘alaba qozonishni uddaladik.
- Allaqachon keyingi bosqich masalasini hal qildingiz. O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yin Avstraliya uchun ahamiyatga egami? O‘zbekiston termasi haqida fikringiz qanday?
- Albatta, O‘zbekiston bilan o‘yin biz uchun juda ham muhim. Guruhda birinchi o‘rinni egallashimiz kerak. Shunda keyingi raqiblar o‘z o‘zidan osonroq bo‘ladi. Maqsadimiz – chempionlik. Birinchi o‘rinni egallasak, bu maqsadga yengilroq yetib borishimiz mumkin bo‘ladi.
- Darvozaga birgina aniq zarba berdingiz va gol urdingiz. Suriya jamoasi sizni hayron qoldira oldimi?
- Har safar Suriyaga qarshi o‘ynasak, qiynalamiz. Yaxshi ma’noda Suriya bizni xayron qoldirmadi, chunki gol urish juda qiyin bo‘lishini bilardik. Uch ochko eng muhimi. Omadimiz kelib qoldi, demagan bo‘lardim. O‘yin kartinasini aynan biz nazorat qildik.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring