Osiyo kubogi uchinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.
Avstraliya terma jamoasi himoyachisi Kemeron Burgess O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin bergan intervyusida jamoa uchinchi turda ham g‘alaba qozonish yo‘llarini topa olishiga amin ekanligini aytdi.
"Osiyo kubogiga har bir o‘yinda g‘olib bo‘lish uchun kelganmiz. Birorta o‘yinda oson bo‘lmasligi aniq. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish yo‘lini albatta topamiz. Guruhda birinchi o‘rinni egallash jamoaga ishonch bag‘ishlaydi.
Raqibning kuchli jihatlariga e’tibor qaratishimiz kerak. O‘zbekiston ham guruhda birinchi o‘rinni egallashga intiladi. Shunday ekan, o‘yin qiziq bo‘lishi aniq.
O‘zbekistonga qarshi oson bo‘lmaydi, chunki bu turnirda barcha o‘zining bor kuchini ishga solmoqda. Dastlabki, ikki turda juda ham qiyin bo‘ldi. Bu esa har doim ham to‘rtta yoki beshta gol ura olmasligimizni anglatadi, ammo g‘alaba qozonish birinchi o‘rinda bo‘ladi. Menimcha, oxirgi ikkita o‘yinda shu narsani ko‘rdik.
Suriya va Hindistonga qarshi o‘yinda biz xotirjamlik bilan o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Bu jamoada ekanimdan mamnunman", - deydi Kemeron Burgess.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasidagi Osiyo kubogi uchinchi turidan o‘rin olgan muhim uchrashuv 23 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi. Bu o‘yindagi g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga guruhda birinchi o‘rinni taqdim etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring