Osiyo Kubogi. Tojikiston irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi
Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan Tojikiston - Livan bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shnilarimiz 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Jradi o‘yinning 47-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, Umarboyev 80-daqiqada muvozanatni tikladi. 90+2-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Nuriddin Hamroqulov Tojikistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, qo‘shnilarimiz Osiyo kubogida pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Tojikiston — Livan 2:1
Gollar: Parviz Umarboyev (81), Nuriddin Hamroqulov (90+2) — Bassel Jradi (48).
Tojikiston: Yatimov, Safarov, Xanonov, Jo‘raboyev, Nazarov (Davlatmir, 90), Panshanbe, Umarbayev, Shukurov (Muhammadjon, 72), Jalilov (Xayloyev, 88), Mabatshoyev (Hamroqulov, 72), Soirov (Samiyev, 72).
Livan: Matar, Al Zein, Xamis, Al Zeyn, Melki, Nassar (Laxud, 82), Jradi (Bitar, 82), Srour, Tnesh (Xaydar, 82), Maatuk (Shur, 58), Bugiel (El Xelve, 67).
Ogohlantirish: Jo‘raboyev (27), Matar (77), Al Zein (90), Panshanbe (90), Xayloyev (90).
Chetlatish: Al Zeyn (56).
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring