23:52 / 22.01.2024
231

"Nasaf" bu safar Vengriya klubiga imkoniyatni boy berdi

"Nasaf" bu safar Vengriya klubiga imkoniyatni boy berdi

“Nasaf” klubi bugun Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi beshinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar “Ajdarlar” Vengriyaning “Seged” jamoasi sparring-raqib vazifasini bajardi.

“Nasaf” jamoasining boshlang‘ich tarkibi: Zafar Safoyev, G‘olib G‘aybullayev, Igor Golban, Shaxzod Akramov, Murod Rahmatov, Marko Stanoyevich, Jambuli Jigauri, Akmal Mozgovoy, Javohir Sidiqov, Islom Kenjaboyev, Viktor Da Silva.

Zaxirada maydonga tushganlar: Timur Chogadze, Nodir Mukarov, Bekjon Jo‘raboyev, Asliddin Tursunpo‘latov, Shuhrat Muhammadiyev, Zafar Hakimov, Doniyor Narzullayev, Javohir Otamurotov, Adham Musulmonov.

Bu gal “Nasaf” imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Vengriyaliklar gollarini oxirgi 10 daqiqada kiritishdi. Markvart David 81-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Zuigeber Akos 86-daqiqada hisobni 2:0 ga oshirdi. Birinchi bo‘limda esa “Nasaf” darvozaboni Zafar Safoyev penaltini bartaraf etdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" bu safar Vengriya klubiga imkoniyatni boy berdi