23:44 / 23.01.2024
388

Igor Sergeyevning jarohati bo‘yicha ma’lumot berildi

Igor Sergeyevning jarohati bo‘yicha ma’lumot berildi

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston Avstraliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida o‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeyev jarohat olib maydonni tark etdi. Sergeyevning jarohati borasida O‘FA matbuot xizmati ma’lumot berdi:

Tibbiy shtab tomonidan zarur tekshiruvlar o‘tkazildi. Afsuski, dastlabki tibbiy tekshiruvlar Igorning o‘ng tizzasidan jiddiy jarohat olganini ko‘rsatdi.

Futbolchimiz turnirdagi ishtirokini yakunladi. Yaqin vaqt ichida jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishi kerakligi aniqlandi. O‘FA hamda futbol jamoatchiligi nomidan Igorga Osiyo kubogidagi yorqin o‘yini uchun minnatdorchilik bildirib, salomatlik tilaymiz”.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeyevning jarohati bo‘yicha ma’lumot berildi