Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 1/8 finalining dastlabki juftliklari nomi ma’lum bo‘ldi.
C guruhini 100 foizlik natija bilan yakunlagan Eron terma jamoasi nimchorak finalda B guruhida 3-o‘rinni egallagan Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 31 yanvar kuniga belgilangan.
Turnirda debyutant bo‘lgan Tojikiston terma jamoasi pley-offda C guruhida 2-o‘rinni egallagan BAA terma jamoasi bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi o‘yin 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi F guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi bahs olib boradi. Guruhdan Saudiya Arabistoni, Tailand, Ummon va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rin olgan. F guruhida 3-tur bahslari 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar