Yarim og‘ir vaznda WBC, WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Artur Beterbiyev(20-0, 20 KO) va WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol o‘rtasidagi (22-0, 11KO) jang sanasi aniq. Taniqli insayder Den Rafaelning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi uchrashuv 1 iyun kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.
"Manbalarga ko‘ra, yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Beterbiyev va Bivol kamar uchun kurash bo‘yicha hali shartnoma imzolanmagan, ammo bu yo‘lda hech qanday to‘siqlar yo‘q. Jang 1 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan”, — deb yozadi Rafael X da.
Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Beterbiyev Kallum Smitni yettinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Bivolga kelsak, uch hafta oldin u WBA kamarini himoya qilgan Lindon Artur ustidan g‘alaba qozongandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring