23:03 / 25.01.2024
459

Aziz Bexich: "Qur’a natijalari O‘zbekiston uchun omadli bo‘lsa, terma jamoangiz uzoqqa borishiga shubham yo‘q"

Aziz Bexich: "Qur’a natijalari O‘zbekiston uchun omadli bo‘lsa, terma jamoangiz uzoqqa borishiga shubham yo‘q"

Avstraliya terma jamoasi himoyachisi Aziz Bexich O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqidagi fikrlarini saytimiz bilan bo‘lishdi.

"Guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladik. Ammo biz barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishni reja qilgandik. O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘yin qiyin kechdi. 2019 yilga qaraganda sizning terma jamoangiz yanada kuchaygandek menimcha. Yaxshi tarkib jamlangan va sizlar ham keyingi bosqichga yo‘l oldingizlar.

 O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilayman. O‘zbekiston terma jamoasi kabi yaxshi hujum qila oladigan terma jamoalarga ochiq zona taqdim etsangiz bas, ular ushbu zonani egallashadi. O‘zbekiston katta potensialga ega yosh jamoa. Qur’a natijalari O‘zbekiston uchun omadli bo‘lsa, terma jamoangiz uzoqqa borishiga shubham yo‘q" - dedi Aziz Bexich.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz Bexich: "Qur’a natijalari O‘zbekiston uchun omadli bo‘lsa, terma jamoangiz uzoqqa borishiga shubham yo‘q"