Terma jamoa bilan Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Otabek Shukurov turnir tugaganidan so‘ng yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. U katta ehtimol bilan Turkiyada qoladiganga o‘xshamoqda.
"Fanatik" nashri jurnalisti Burak O‘zdemirning xabar berishicha, yarim himoyachi "Sivasspor" bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu klub Turkiya chempionatida 22-turdan keyin 6 ta g‘alaba, 8 durang va 8 mag‘lubiyat bilan 13-o‘rinda turibdi.
Avvalroq, Shukurov birinchi liganing ikkita jamoasidan taklif olgan, lekin u faoliyatini yuqori divizionda davom ettirishni istamoqda. "Kojaelispor" va "Goztepe" klublari futbolchimizni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar