12:43 / 28.01.2024
188

“Andijon” bosh murabbiyi Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi o‘yindan so‘ng nima dedi?

“Andijon” bosh murabbiyi Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi o‘yindan so‘ng nima dedi?
“Andijon”ning Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng jamoamiz ustozi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ikki xil bosqichda tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar ekanligi ko‘rindi. Raqib jamoa bizdan ancha kuchli. Ular tezkor va xarakatchan. Bizda hali bunday o‘yin bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa ham hujumlar uyushtirdik, biroq to‘p darvozaga kirmadi. Bir-ikkita shunday vaziyatlardan so‘ng bizni “yopdi”.

Biz endi boshladik. Ular esa ancha yuqori bosqichga chiqib borishibdi. Jismoniy holatimiz bilintirdi, hech nimaga ulgurmadik. O‘yinda ulardan saboq oldik. Xursand qilgani, bu bizning birinchi o‘yinimiz. Endigina tayyorgarliklarni boshladik, hali vaqtimiz bor, ishlash uchun. O‘z xarakterimizni ko‘rsatishda davom etamiz.

Biz yaqqol vaziyatlarni kam yaratdik, lekin raqib 2-3 ta yaxshi vaziyat yarata oldi. Gol o‘tkazib yubormaganimiz meni xursand qildi. Himoyadan turib o‘ynadik, ha, gol ursa bo‘ladigan bitta vaziyatimiz bo‘ldi. Hozir bir nima deyish qiyin, ishlashda davom etamiz. Asosiysi, yigitlar xohish va irodalarini ko‘rsatishdi va berilgan vazifalarini bajarishdi
”, - deydi Aleksandr Andreyevich.

“Andijon” matbuot xizmati.[right][/right]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Andijon” bosh murabbiyi Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi o‘yindan so‘ng nima dedi?