
Osiyo kubogi nimchorak finali doirasida O‘ZBЕKISTON va Tailand terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Aziz Turg‘unboyev va Abbos Fayzullayev mualliflik qildi. Nominal mehmonlarning yagona golini Sarachat chiroyli tarzda kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi. Keyingi bosqichda "oq bo‘rilar"ga mezbon Qatar terma jamoasi raqiblik qiladi. Mazkur bellashuv 3-fevral kuni soat 20:30da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar