10:17 / 31.01.2024
119

“Nasaf” Antaliyadagi yig‘inning so‘nggi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi

“Nasaf” Antaliyadagi yig‘inning so‘nggi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi
Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa Turkiyadagi yig‘inning so‘nggi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

“Jamoamiz bugun Turkiyadagi yig‘in doirasida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab ertalabki bellashuvda jamoamiz yana bir Braziliya jamoasi bilan bellashdi. “Maua” jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Kunning ikkinchi yarmida jamoamiz Serbiyaning “Radnik” jamoasi bilan bellashdi. Ushbu bellashuvda hisob ochilmadi.

Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida jamoamiz o‘nta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bugungi bellashuvlar bilan Antaliyadagi mashg‘ulotlar o‘z yakuniga yetdi. Jamoamiz ertaga Antaliya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytishadi.

Jamoa 4 fevral kuni Qarshidagi qarorgohida yig‘ilib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishadi”,-deyiladi “Nasaf” matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” Antaliyadagi yig‘inning so‘nggi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi