08:30 / 01.02.2024
177

Takefusa Kubo Yaponiya termasining boshqa jamoalarda yo‘q ustunligi haqida gapirdi

Takefusa Kubo Yaponiya termasining boshqa jamoalarda yo‘q ustunligi haqida gapirdi
Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Yaponiya va Bahrayn o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng "Real Sosedad" klubi va Yaponiya termasi futbolchisi Takefusa Kubo saytimizga kichik intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv haqida fikringiz qanday? Qaysi jihatlar bo‘yicha bugun guruh bosqichidagi o‘yinlardan yaxshiroq harakat qildingiz?
- Guruh bosqichidan farqli ravishda bugun pressingni yaxshiroq amalga oshirdik. Raqib xato qilishga majbur bo‘ldi. Uzun paslarni ko‘p marta takrorladik. Guruh bosqichida uzatmalarda xatolarga yo‘l qo‘ygandik. Aynan shu jihatlar bo‘yicha yaxshi ko‘rindik.

- Yaponiya terma jamoasi guruh bosqichidan keyin yaxshiroq tomonga o‘zgardimi?
- Biz o‘zgarmadik. Musobaqaning birinchi kunidan qanday holatda bo‘lsak, hali ham shunday. To‘g‘ri, kuchni biroz taqsimlayotgan bo‘lishimiz mumkin, bu normal holat. Musobaqa oldidan barcha Yaponiyani turnir favoriti deb atayotgandi, hozir ham hech narsa o‘zgarmadi. Biz har bir uchrashuvga bor e’tiborimizni qaratamiz. Bu o‘yinga qadar olti kun dam olgandik, hozir esa keyingi uchrashuvgacha ikki kun vaqtimiz bor. Osiyo kubogida qanday o‘ynash kerakligini bilamiz. Oxiriga qadar kurashib, chempion bo‘lishni maqsad qilganmiz.

- Bu kabi katta musobaqalarda nafaqat taktik yoki texnik jihatlar, balki jismoniy holat ham asosiy planga chiqadi. Avstraliya va Koreya Respublikasi jismonan juda kuchli ko‘rindi. Yaponiya terma jamoasi ham jismoniy holati bilan maqtana oladimi?
- Biz jismonan va ruhan kuchlimiz. Biroq Yaponiya terma jamoasining eng kuchli jihati bu tarkibda turli uslubda o‘ynay oladigan futbolchilarning borligi. Istalgan o‘yinchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlay oladi. Boshqa jamoalarga taqqoslaganda, aynan shu jihat bo‘yicha ustunlikka egamiz. Oldinda bor-yo‘g‘i ikki kun vaqtimiz bo‘lsa ham tarkibdagi ba’zi futbolchilarni o‘zgartirib, chorak final o‘yiniga to‘liq tayyor bo‘lamiz.

Jalolxon Inog‘omxo‘jayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Takefusa Kubo Yaponiya termasining boshqa jamoalarda yo‘q ustunligi haqida gapirdi