476
Qatar termasi murabbiyi: "O‘zbekistonning kuchsiz nuqtalari haqida gapirmayman, sababi..."
Osiyo kubogi chorak finali doirasidagi Qatar - O‘zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Qatar termasi bosh murabbiyi Markes Lopes va o‘yinchi Saad Al Shib ishtirok etishdi.
- Qatar termasi bosh murabbiyi va futbolchi Saad Al Shibning O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari qanday?
- Markes Lopes: O‘zbekiston bu Osiyo kubogida biz to‘qnash kelgan eng kuchli jamoa. Chorak final bahsiga to‘liq tayyormiz. Futbolchilar bu uchrashuv qanchalik qiyin va muhimligini tushunib turishibdi.
- Saad Al Shib: Ertaga qiyin o‘yin bo‘lishini bilamiz. Biroq, uchrashuvda g‘alaba qozonishimizga ishonyapman.
- Janob Lopes, siz bundan oldin "Al Vakra" klubi bosh murabbiyi bo‘lgansiz. OCHL saralash o‘yinida "Navbahor" jamoasiga mag‘lub bo‘lgandingiz. O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘sha o‘yinda qatnashgan ikki futbolchi bor, masalan Oston O‘runov va Jamshid Boltaboyev. O‘zbekiston termasi o‘yinini analiz qildingizmi?
- Men o‘zbekistonlik o‘yinchilar qanday yuqori darajada ekanini yaxshi bilaman. O‘zbekiston termasining so‘nggi o‘yinini stadiondan kuzatdim. Raqib taktikasini yaxshi analiz qildik.
- Janob murabbiy, O‘zbekistonga qarshi bahs Osiyo kubogidagi to‘rtta o‘yindan qanchalik farq qiladi? O‘zbekiston terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlari haqida ayta olasizmi?
- Statistikaga qarasak, ko‘p narsa o‘zgarib ketgan. Ikki jamoa o‘rtasidagi oxirgi uchrashuvlar 2017-2018 yillarda o‘tkazilgan. Bu vaqt davomida jamoa tarkibidagi futbolchilar va murabbiylar o‘zgardi. Matbuot anjumanida O‘zbekistonning kuchsiz nuqtalari haqida gapirmayman, buni aytadigan bo‘lsam, o‘yindan oldingi rejamni oshkor qilib qo‘ygan bo‘laman.
- Saad Al Shib, O‘zbekiston termasiga qarshi o‘yin haqiqiy sinov bo‘ladi. Bu jamoani haqiqiy kuchini ko‘rsatib beradigan uchrashuv bo‘ladimi?
- Hamjihat o‘yin bo‘yicha terma jamoamiz a’lo darajada. O‘zbekistonga qarshi o‘yin chiroyli uchrashuv bo‘ladi.
- Janob Lopes, Qatar termasi boshqaruviga Osiyo kubogiga yaqin keldingiz. Jamoani 100% o‘rganib oldim, deb o‘ylaysizmi yoki bunga vaqt kerakmi?
- Qatar O‘zbekiston bilan o‘yinga zo‘r tayyorlandi. Men ba’zi futbolchilarga imkoniyat berishni o‘ylamoqdaman. O‘zbekistonga qarshi o‘yin qiyin bo‘lishi aniq. Bizda juda yaxshi, tez va kuchli o‘yinchilar bor. Jamoa sifatida musobaqadagi eng tezkor jamoa bo‘lsak kerak. Qayta tiklanish uchun ham yetarli muddat bo‘ldi.
- Janob murabbiy, Qatar amaldagi chempionligiga qaramay, ko‘pchilik ularni bu safar favoritlar safiga qo‘shmayapti. Bu jamoaga qo‘shimcha motivatsiya beradimi yoki aksinchami?
- Men hammaning fikrini hurmat qilamiz. Biz hozir chorak finaldamiz, buni ham ko‘pchilik kutmagandi. Har kimning o‘z fikri bor. Biz yana chempion bo‘lmoqchimiz. Tanqidlar biz uchun yaxshi motivatsiya bo‘ladi.
- Saad, jamoadagi atmosfera haqida gapirsangiz. Qatar terma jamoasidagi muhit 2019 yilgi jamoa bilan qanchalik o‘xshash?
- Anchadan beri jamoadaman, bu sharaf. Osiyo kubogida a’lo kayfiyatdamiz. Mehmonxonada birga yashab aka-uka bo‘lib ketdik. Har bir g‘alabani shu yerda birga nishonlayapmiz. Jamoadagi kayfiyat o‘ta pozitiv.
- Janob Lopes, o‘z qarashlaringizni jamoaga singdirish uchun sizda yetarli vaqt bo‘ldimi? Iroq termasi ustozi Xesus Kasasga bo‘lgan munosabat haqida qanday fikr bildira olasiz?
- O‘yinchilarni juda yaxshi bilaman. Qatarda olti yildan beri ishlayapman. Terma jamoani juda yaxshi tushunaman. Hozir bizda kuchli garmoniya bor. Xesus Kasasga bo‘layotgan munosabatga qo‘shilmayman. Murabbiy bo‘lish oson ish emas. Uni qo‘llab-quvvatlayman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)