09:07 / 04.02.2024
391

Qatar termasi darvozaboni: "10-raqamli o‘yinchi o‘rtaga zarba berishini oldindan kutgandim"

Qatar termasi darvozaboni: "10-raqamli o‘yinchi o‘rtaga zarba berishini oldindan kutgandim"
Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, qahramonga aylangan darvozabon Meshal Barsham qanday qilib penaltilarni qaytargani haqida gapirdi.

— Meshal, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lganingiz bilan tabriklayman. 5, 10 va 26-raqamli futbolchilar bergan zarbani qaytarishni uddalading. Bu qanday sodir bo‘ldi? Qanday qilib o‘rtaga berilgan zarba yo‘nalishini topa oldingiz?

— Bu futbolchilardan biri bilan "Nasaf"ga qarshi o‘yinda to‘qnash kelganman. 10-raqamli futbolchi ham menga tanish, u o‘rtaga zarba berishini oldindan kutgandim. Umuman, seriyasida ozgina omadim keldi. Biroq, asosiy faktor aynan penaltilar seriyasiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganim va raqibni o‘rganib chiqqanim deb o‘ylayman.

Eslatib o‘tamiz, Qatar termasi darvozaboni Meshal Barsham penaltilar seriyasida Rustam Ashurmatov, Zafarmurod Abdirahmatov va Jaloliddin Masharipovlar bergan zarbalarni qaytarishni uddaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar termasi darvozaboni: "10-raqamli o‘yinchi o‘rtaga zarba berishini oldindan kutgandim"