Tadbirkor va "Paxtakor" jamoasi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev "Lolazor" podkastida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtirokida ko‘rsatgan o‘yinlari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Ortiqxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, nimchorak finalda Tailand o‘zbekistonliklar kutmagan o‘yinni ko‘rsatgan.
"Biz kutmagan Tailand bo‘lib chiqdi. Ular haqiqatdan jiddiy tayyorlangan. Avvalgi Tailand emas ular, futboli rivojlangan. Avstraliya bilan esa juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Lekin o‘yinlarimizda kamchiliklar bor", – deydi u.
Tadbirkor ko‘rsatilayotgan o‘yinlarda "o‘zbekona o‘yin" borligini aytgan.
"Avvalgi o‘yinlardan o‘zgarish yo‘q. To‘g‘ri, temp bor, yoshlar yetishib chiqyapti. Lekin yangi o‘yin stili yo‘q. Niyat qilamiz, chempion bo‘lishsin. Har doim niyatimizni yuqori qilamiz, lekin faktlar buni (qiynalishni – tahr.) ko‘rsatib turibdi", – degan Ortiqxo‘jayev.
Izoh: Podkast mualliflarining bildirishicha, suratga olish ishlari 2 fevral, ya’ni O‘zbekistonning Qatarga qarshi o‘yinidan avval o‘tkazilgan. Shu bois Jahongir Ortiqxo‘jayevning fikrlari Qatar bilan o‘yindan avvalgi fikrlar hisoblanadi.
Manba: "Lolazor" podkast “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi