255
Kamoliddin Murzoyev: "Qatar bilan penaltilar seriyasigacha borishni mo‘ljallab maydonga chiqqandek taassurot qoldirdik"
O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi natijasi futbolchilar, mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Biz bu borada sobiq futbolchi va O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyevning fikrlarini tingladik.
- Osiyo Kubogidagi qolgan terma jamoalarga nazar tashlab turib va bu yilgi musobaqa darajasidan kelib chiqib aytganda, chorak final O‘zbekiston uchun qoniqarli natijami?
- Aslida bunday o‘yinlardan keyin intervyular berish, savollarga javob qaytarish qiyin bo‘ladi. Urishdan keyin chiqqan qahramon yoki yomg‘irdan keyin chiqqan qo‘ziqorinlar kabi fikrlar yog‘iladi. Shunday bo‘lsada majburiyatimiz yuzasidan savollaringizga javob berib o‘taman. Umuman oladigan bo‘lsak, hozirgi holatdagi jarohatlar, yo‘qotishlardan kelib chiqib aytganda natijani qoniqarli desak bo‘ladi. Mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, terma jamoamiz bundan ham uzoqroqqa bora olardi. Bu yilgi musobaqa darajasi avvalgilariga nisbatan sezilarli darajada oshgani ma’lum bo‘ldi. Biz bilgan yetakchi jamoalarning barchasi qiynaldi. Bu barcha davlatlarda futbol o‘sganidan dalolat beradi.
- Qatar bizdan qaysi jabhalarda ustun keldi va biz qaysi kamchiliklarimiz hisobiga mag‘lub bo‘ldik?
- Chorak final o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, ilk daqiqalardan Qatarga ustunlikni berib qo‘ydik. Birinchi bo‘limda ularda o‘xshadi. Qatar o‘z o‘yinini ko‘rsatdi. Futbolda shunday so‘z bor, raqib qanday o‘yin taklif qilsa, ikkinchi jamoa shunga moslashib qoladi. Fikrimcha, Qatarning kuchli taraflarini ishlatishi uchun qarshilik ko‘rsata olganimiz yo‘q. Birinchi va ikkinchi gol oralig‘ida terma jamoamiz butun xalq kutgan, muxlislar istagan o‘yinni ko‘rsata olishdi. Hisobni tenglashtirganimizdan keyin ham 5-10 daqiqa bosim qilishimiz kerak edi. Mana shu vaqtda o‘yinimizda uzilish bo‘ldi. aytganimdek, bu o‘yindan keyingi fikrlar. O‘sha jarayonda buni o‘zgartirish, vaziyatni to‘g‘rilab ketish murabbiyning salohiyatiga bog‘liq edi. Qatarda o‘zgarishlar ham to‘g‘ri amalga oshirildi.
- O‘zbekiston avval ham penaltilar seriyasida omadli bo‘lmagan. Eng alamli mag‘lubiyatlarimiz penaltilar seriyasiga to‘g‘ri keladi. Qatar bilan o‘yinni penaltigacha olib borish qanchalik to‘g‘ri edi?
- Penaltilar seriyasi alohida mavzu. Bu davr nuqtayi nazaridan kichik musobaqa hisoblanadi. pley-off o‘yinlaridan boshlab penaltilar seriyasining aktualligi oshadi. Mashg‘ulotlar davomida, mashg‘ulotlardan so‘ng har bir jamoaning penaltichilari bo‘ladi. Baribir bu narsa o‘yinlardan oldin sinab olinishi kerak. Kimlar tepadi, kimda ishonch yuqori va hokazo. Shunday futbolchilar bo‘ladi, o‘z xohishi bilan ham penalti tepmaydi. Bu o‘ziga yarasha katta ruhiy bosim. Penaltilarda ishlashda darvozabonlar ham tayyorgarlik ko‘rib oladi.
Qaysi futbolchi qayerga yo‘naltiradi, undan avvalgi futbolchi qayerga tepdi bu darvozabonlar uchun shpargalka hisoblanadi. Futbolchi uchun esa boshqacha. Qaroringizni so‘nggi soniyalarda o‘zgartirib yuborishingiz mumkin. Futbolda e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan biror narsa qolmagan. Har qanday holatga tayyor bo‘lishingiz kerak. Alamli tomoni ham penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganimiz. Xuddiki penaltilar seriyasigacha borishni mo‘ljallab maydonga chiqqandek ko‘rinib qoldik. Qatar esa penaltigacha hal qilishga harakat qildi.
- Srechko Katanetsning qaysi qarorlari siz uchun jumboq bo‘ldi?
- Murabbiy sifatida Katanes men uchun hamon jumboqligicha qolmoqda. O‘yinni olib borish uslubidan, intervyu jarayonlarigacha menga jumboq. Qarorlari, o‘zgarishlari, taktikasi haqida kengroq matbuot anjumanida o‘zidan so‘ragan ma’qul, deb o‘ylayman. Shunday savollar borki, bunga men javob bersam etikaga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi